Янгиликлар
07
Kogon tumanida sayyor qabul o'tkazildi
Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Kogon tumani B.Naqshband MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilib, tadbirda Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-avgustidan–15-sentyabrgacha “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilayotganligi, ushbu aksiyani o‘tkazishdan maqsad va unda belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Xususan aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan ko'chmas mulklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishida to'lanadigan kompensatsiya to'lovlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Adliya vazirligining tashabbusi bilan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng aholiga tushuntirilishi ta’minlandi.
Sayyor qabul davomida 34 ta murojaat qabul qilinib 3 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 31 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi.