Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi rahbariyatining hududlarga tashrifi davom etmoqda


Navbatdagi manzil Buxoro viloyati bo’ldi.  Palata hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatlari viloyatda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o’tkazishdi. 


Uchrashuv avvalida Notarial palata raisi o'rinbosari J.Raxmonovning  “Buxoro viloyatida notariat sohasida amalga oshirilgan ishlar, kamchiliklar va kelgusidagi rejalar” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Ma'ruzachi notariat sohasida o'tkazilgan islohotlar natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar, kiritilgan yangiliklar, Notarial palata tomonidan sohaga oid qonunchilik hamda notariuslarning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.



Shundan so'ng, Buxoro viloyatida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Rahbariyat hamda notariuslar mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari haqida fikr-mulohazalar almashdilar.