Янгиликлар
13
Mas'ul xodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi
Tuman (shahar) adliya bo'limlarining yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining viloyat miqyosidagi boshqarmalari mas'ul xodimlari ishtirokida viloyat adliya boshqarmasida seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda "E-huquqshunos" elektron tizimidan samarali foydalanish bo'yicha ma'ruzalar tinglandi hamda yuridik xizmat ko'rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining viloyat miqyosidagi mas'ul xodimlarining takliflari va savollari eshitildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilariga 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-sonli "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.