Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat xizmatlari markazi yangi binosi aholiga xizmat ko'rsatishni boshladi


 Binoning ochilish marosimida tuman hokimi, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i va faollar so'zga chiqib, zamonaviy binoda asosiy e'tibor fuqarolarga yanada qulaylik yaratish, ularning vaqtlarini tejashga qaratilganiligini ta'kidlashdi. 


Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berildi.


Zal bo'ylab o'rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo'naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib kutish zalidagi shinam o'rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o'tish kerakligi ko'rsatiladi.


Shuningdek, ushbu Markazda davlat xizmatlaridan foydalanishda barmoq izi skanerlari toʻliq joriy etildi. Uning yordamida elektron raqamli imzo kalitlarini tasdiqlash bilan bogʻliq jarayonlar amalga oshiriladi.


Aholining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlaridan foydalanishda NFC mahsus qurilmasi ishga tushirildi. Uning yordamida ID kartadagi fuqaroning shaxsi aniqlanadi va tizimda arizachining maʼlumotlari avtomat tarzda toʻldiriladi.


Endilikda markazda bir vaqtning o'zida 20 nafar, bir kunda 600 nafar fuqaroga xizmat ko'rsatilishi kutilmoqda. Zamonaviy tarzda jihozlangan keng va yorug' xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchasi, infolend, kutubxona, kassa, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, tibbiyot xonasi va oshxona mijozlarning xizmatlar bilan bog'liq har qanday og'irini yengil qiladi. 


Fuqarolar davlat xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor boʻlishlari uchun axborot stendlari va posterlar qoʻyilgan.


Shu kuni davlat xizmatlari yangi binosida tuman FHDY bo'limi tomonidan ikki yoshning nikohlari ham tantanali ravishda qayd qilindi. 



“Jondor tumanida bunday zamonaviy davlat xizmartlari markazining ochilishi biz faxriylarni va butun jondorliklarni juda ham mamnun etdi. Avval moslashtirilgan xonalarda aholiga 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatadi desa,  xech bir kishi ishonmas edi. Mana endi barchasi o‘zgardi. Yorug‘ va shinam xonalar, zamonaviy texnik jihozlarni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Avvallari rosti bitta hujjat ortidan yugur-yugur qilib vaqt o‘tkazganlarimiz xali ham ko‘z oldimdan ketmaydi. Xozirda amalga oshirilgan ishlar biz istaganimizdan-da o‘zgacha. Bularning barchasi yurimizda olib borilayotgan oqilona siyosatning amaldagi isbotidir”, – deydi, jondorlik nuroniy Ikrom ota Jumayev.