Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Maqsad: “E-huquqshunos” tizimda sifatli ishlash


Jondor tuman adliya bo'limi boshlig‘i H.Qoryog‘diyev hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2022-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli hamda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-173-sonli Qarorlari yuzasidan yana bir tushuntirish ishlari olib borildi.


Bunda maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari hamda menejrlari, metodistlari tomonidan elektron tizim orqali hujjat rasmiylashtirishda eng ko‘p yo‘l qo’yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish asoslari tushuntirildi.

Seminar-tadbiri davomida xodimlarni ishga qabul qilish, ularga beriladigan ta’tillar, mehnatni muhofaza qilish shartlari, va mehnat qonunchiligi bo’yicha xodimlarga beriladigan imtiyozlar xususida ham tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tashkilotlar tomonidan yuborilayotgan hujjatlarga qo‘yilgan talablar, hujjatlar qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan asoslar, hujjatlarni yozish qoidalari bo‘yicha ham tushuntirish berildi.


Tadbir so‘ngida, tadbir ishtirokchilari tomonidan mehnat qonunchiliga oid savollarga xodimlar tomonidan javoblar berildi.