Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sayyor qabullarning navbatdagisi Vobkentda o'tkazildi


Vobkent tuman So'fidehqo MFY da Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida hudud aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.


Qabulda fuqarolarga tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr taʼminoti, yoʼlni taʼmirlash, moddiy yordam, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Masalan, fuqaro Sh.Ramazonova esa mahalladan moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam berishni so’radi.

Shu kuni hudud aholisidan 30 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, oʼrganish talab qiladigan 14 ta murojaat koʼrib chiqish uchun qabul qilindi.