Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kogonliklarning murojaatlari tinglandi



Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolar, yechimi topilmayotgan masalalar yuzasidan sayyor qabullar o’tkazilmoqda. Sayyor qabullarni navbatdagi manzili Kogon shahrida bo’lib o’tdi. Hududda o’tkazilgan qabulda 40 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi. Aksariyati joyida hal etilgan bo’lsa, o’rganish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olindi.


Masalan, tadbirkorlar Istat Murotova hamda Faxriddin Kamaliddinov o’zlariga tegishli savdo do’koni bilan bog’liq murojaatini ijobiy hal qilishda amaliy yordam so’radi. Mazkur murojaatni joyida hal qilish bo’yicha mutasaddilarga tegishli takliflar bildirildi.


Sayyor qabulga kelib tushgan murojaatlar asosan yer munosabatlari, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, tadbirkorlik, ish bilan ta’minlash,  elektr va gaz ta'minoti sohalarida bo’ldi.