Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

30 million so‘mdan ortiq ustama to‘lovlari undirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va o‘rganish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, boshqarmaning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5199-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari shifokorlari, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun o‘ta xavfli sharoitlari uchun 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanishi monitoring qilinganda, ushbu ustama to‘lovlari to‘lanmaganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, boshqarma tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida faoliyat yuritayotgan 45 nafar xodimlarga to‘lanmagan ustama to‘lovlarini undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning tegishli hujjatlariga asosan 45 nafar xodimlarga 30 million so‘mdan ortiq ustama to‘lovlari undirilishi belgilandi.

Anvar Rahmanov,
Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i