Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2022-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 9 oyida 5 917 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 5 493 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 4 284 ta murojaat yoki 78 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1 209 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 244 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 1 613 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 402 ta taklif va 3 357 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 1 019 tani tashkil qilgan. 380 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 2 349 ta 31 mlrd. 510 mln. 530 ming 626 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan

IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.

Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 9 ta idoralar faoliyati o‘rganildi. 104 ta idoralarning statistik hujjatlari va 35 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 6 tasini qonun hujjatlari, 12 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 16 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.

Hisobot davrida 35 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 17 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 6 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 5 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 370 nafardan ortiq fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 43 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.09.2022-yil holatida jami 571 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 365 tasi davlat ro‘yxatidagi va 206 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 117 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 107 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:

2022-yil 9 oyi mobaynida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 175 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 109 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 66 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Boshqarma tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 42 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2022 yilning 9 oyi davomida jami 13 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 14-martdagi “Yuridik xizmat faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 73-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilning 9 oyi davomida 41 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan 32 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa, 9 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 26 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 22 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tgan deb topilib guvohnomalar berilgan bo‘lsa, 4 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan.

VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 36 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 35 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 33 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali joriy yilning 9 oyi davomida 505 757 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 68 510 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 14 569 ta YaTT, 3 508 ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 3 327 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Joriy yil 9 oyi davomida Buxoro viloyat aholisi tomonidan 74 896 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

FHDY organlari tomonidan 32 738 ta tug‘ilish, 10 914 ta nikohni qayd etish, 2 007 ta nikohdan ajraganlik, 7 057 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 1 048 ta otalikni belgilash hamda 166 ta farz andlikka olish amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 452 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 5 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda 43 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 59 ta taqdimnoma kiritilgan va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
71 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 75 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 251 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 21 dan ortiq turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga yetkazilishi ta’minlangan.

X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 18 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 21 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 23 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 15 ta taklif, 1 ta jinoiy taklif va 125 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 18 ta tovar va xizmat ko‘rsatish belgilaridan noqonuniy foydalanganlik holati bartaraf etilgan. 15 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 83 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 22 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2022-yilning 9 oyi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 414 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga yetkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 920 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 50 ta, Prezident farmoni 73 ta, Prezident qarori 209 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 878 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 189 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 42 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda yetkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jami 20 492 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 15 704 marotaba, boshqarma bo‘limlari 4 788 marotaba), shundan 8 409 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 6 749 ta, boshqarma bo‘limlari 1 660 ta, shundan 258 ta televidenie, 990 ta radio va radiouzellar, 431 ta gazeta va jurnallarda hamda 6 730 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 9 668 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 7 951 ta, boshqarma bo‘limlari 1 717 ta, shundan 2 814 ta ma’ruza, 1 778 ta davra suhbati, 697 marta seminar va 4 379 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.

Mazkur tadbir va OAVlar orqali amalga oshirilgan chiqishlarda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, 47 275 ta ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari ishtirokchilarga tarqatilgan.

 

 

Rejalashtirish va samaradorlikni

baholash bo‘limi