Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Vorislik to'g'risida umumiy qoidalar" mavzusida online muloqot bo'lib o'tdi.


Hozirgi kunda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qiziqtiradigan dolzarb mavzular yuzasidan online muloqotlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday online muloqotning navbatdagisi joriy yilning 14-dekabr kuni soat 16-00da Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar hamkorligida “Vorislik to'g'risida umumiy qoidalar” mavzusida bo‘lib o‘tdi


Hech kimga sir emaski so‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan mazkur online muloqotda dastlab ushbu islohotlar yuzasidan ma’ruzachilar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Xususan, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Ma’muriy Reglamentlar, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 6 dekabrdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-808-son Qonuni yuzasidan qonunchilik talablari tushuntirildi.

Shundan so‘ng, online muloqot 2-bosqichi ya’ni savol-javob qismiga o‘tildi. Ushbu bosqichda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan asoslantirilgan javoblar olishdi.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning og‘irini yengil qilish hamda ularning huquq ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali huquqiy faol qatlamni shakllantirishdan iboratdir.