Янгиликлар
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI QONUN HIMOYASIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 23-iyul kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 38-sonli bayonida, Adliya vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan nazorat reja asosida viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda viloyat Qurilish bosh boshqarmalari tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborilib, o‘z navbatida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 08.11.2022 yildagi qaroriga asosan mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanildi.