Янгиликлар
Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasida "E-Huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-258-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli hamda 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari ham yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar ro‘yxatidan joy oldi.
Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan “Unicon” soft MCHJ Buxoro viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasining majlislar zalida yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi mas’ul xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlar yoritib o‘tildi.
Shu bilan birga yig‘ilsih ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizom, Markazlarning asosiy vazifalari va funksiyalari, Markazlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, Markazlarning yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.