Янгиликлар
9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida Vobkent tumanida "Korrupsiya-umr kushandasi" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi.
Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i D.Mustafoyeva, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.Muqimov, tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Xusenov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Po'latov, tuman hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish mas’ul kotibi U.Ro‘ziyev, tuman bosh imom xatibi G‘.Ochilov va tumandagi barcha korxona tashkilotlar rahbarlari, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlaridan iborat 150 nafar rahbar xodimlar qatnashishdi.
Viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.Muqimov korrupsiya holatlari hamda korrupsiya orqali keladigan salbiy oqibatlarda ro‘y beradigan jinoiy ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Navbatda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i D.Mustavfoyeva so‘zga chiqib, ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan korrupsiya oqibatlari ta’lim jarayonida qo‘llanilmasligi, "Open byudjet" jarayonlari korrupsion xolatlarni uchramasligi borasida bir qator fikrlarni bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng tuman bosh imom xatibi G‘.Ochilov halol rizq, halol luqma, poraxo‘rlikning diniy jihatdan noto‘g‘riligi, halol bilan harom o‘rtasidagi tafovutlar haqida tumandagi tashkilot raxbarlariga tushunchalar berdi.
Vobkent tuman adliya bo'limi