Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Adliya vazirligi faxriylari kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan “Adliya organlari faxriylarini ijtimoiy muhofaza qilish va tizimda ular imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oid 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ning 2.8-bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faxriylari kengashi Buxoro viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda Buxoro Davlat universitetining pedagogika institutida adliya organlarining tarixi, bugungi hayoti to‘g‘risida uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy adliya organlaida ishlagan faxrriylar, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov, viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi xodimlari, Buxoro Davlat universitetining pedagogika institutining ma’muriyati va talabalari hamda Buxoro viloyat yuridik texnikumi talaba o‘quvchi yoshlari qatnashdilar. Davra suhbati ko‘taranki ruhda o‘tgan bo‘lib, mazkur uchrashuvda yig‘ilish ihstirokchilari mehmonlarga o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Uchrashuv so‘ngida iqtidorli talaba yoshlarga faxrli mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.