Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha: 

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil davomida 7 422 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 6960 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 5344 ta murojaat yoki 76 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1 618 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 307 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 2 196 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 629 ta taklif  va  4119 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 1 348 tani tashkil qilgan. 620 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yil davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 2 840 ta 45 mlrd. 624 mln. 248 ming 339 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan

IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.

Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 10 ta idoralar faoliyati o‘rganildi. 164 ta idoralarning statistik hujjatlari va 50 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 6 tasini qonun hujjatlari, 17 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 26 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.

Hisobot davrida 50 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 21 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 7 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 5 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 370 nafardan ortiq fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 54 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.12.2022-yil holatida jami 577 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 371 tasi davlat ro‘yxatidagi va 206 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:

2022-yil mobaynida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 373 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 266 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 107 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2022 yil davomida jami 15 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 14-martdagi “Yuridik xizmat faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 73-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida 47 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan 36 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa,
11 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 51 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 45 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tgan deb topilib guvohnomalar berilgan bo‘lsa, 6 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan.

VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 53 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi  huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy  notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 53 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2022-yilning davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 38 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali joriy yil davomida 762 332 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 111 916 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 32 877 ta YaTT, 4 891 ta  yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 6 378 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Joriy yil davomida Buxoro viloyat aholisi tomonidan 113 465 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

FHDY organlari tomonidan 45 134 ta tug‘ilish, 16 208 ta nikohni qayd etish, 2 586 ta nikohdan ajraganlik, 9 376 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 1 581 ta otalikni belgilash hamda 225 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 452 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 6 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda 54 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 63 ta taqdimnoma kiritilgan va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 71 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 147 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 252 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 24 dan ortiq turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.

X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 20 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 20 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 59 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 20 ta taklif, 1 ta jinoiy taklif va 135 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 52 ta tovar va xizmat ko‘rsatish belgilaridan noqonuniy foydalanganlik holati bartaraf etilgan. 18 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 202 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 43 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2022-yilning  davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 583 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 1191 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 71 ta, Prezident farmoni 84 ta, Prezident qarori 261 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 473 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 256 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 46 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2022-yilning davomida jami 26 936 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 22 730 marotaba, boshqarma bo‘limlari 5 984 marotaba), shundan 13 445 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 10 716 ta, boshqarma bo‘limlari 2 533 ta, shundan 594 ta televidenie, 1 585 ta radio va radiouzellar, 818 ta gazeta va jurnallarda hamda 10 448 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 12 909 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 10 954 ta, boshqarma bo‘limlari 1 9554 ta,  shundan 3 987 ta ma’ruza, 2 693 ta davra suhbati, 872 marta seminar va 5 357 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.

 

 

Rejalashtirish va  samaradorlikni

baholash bo‘limi