Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil davomida 7422 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 6960 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 5344 ta murojaat yoki 76 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2022-yil davomida jami 1460 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 2022-yil davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 3622 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 5082 ta murojaatlarning 4178 ta murojaat qanoatlantirildi, 771 ta murojaat bo‘yicha mualliflariga huquqiy tushuntirish berildi hamda 122 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 5 525 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 5 151 tasi hal etilgan bo‘lib, 4284 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 83 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 331 ta taqdimnoma, 2014 da’vo arizasi, 85 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 161 nafar xodim intizomiy, 85 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 25.109.588.509  so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 238 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 955 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 918 tasi hal etilgan bo‘lib, 657 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 68 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 97 taqdimnoma, 160 da’vo arizasi, 11 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 37 nafar xodim intizomiy, 11 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 11.520.546.319 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, bank faoliyati va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

 

Rejalashtirishi va samadorlikni

baholash bo‘limi