Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Matbuot anjumani o'tkazildi


Yurtimizda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli beqiyosdir. Shu ma’noda ommaviy axborot vositalari davlat va jamiyat o‘rtasida eng samarali demokratik institut sifatida o‘z o‘rnini topayotganligini e’tirof etish lozim.

Shunga ko‘ra, Adliya organlarida faoliyat haqida keng jamoatchilikka muhim axborotlar berish, ularning huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan “Ochiq adliya” ijtimoiy dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda adliya organlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga va ular orqali keng jamoatchilikka hisobot berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 27-yanvar kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasida tashkil etildi.

Keng jamoatchilik va OAV ishtirok etgan mazkur anjumanda boshqarma rahbariyati tomonidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib, quyidagilarni ma’lum qildi.

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida 7 422 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 6 962 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 5 344 ta murojaat yoki 76 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1 618 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 307 ta murojaat tegishligiga koʻra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan. (48 ta qoldiq, 129 ta tumanlarga yuborilgan)

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 2 196 ta taqdimnoma, maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 629 ta taklif  va  4 119 ta ogohnoma kiritilgan. 

Kiritilgan taʼsir choralari natijasida aybdor shaxslarning intizomiy, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlangan.

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida fuqarolar manfaatini koʻzlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish toʻgʻrisida sudlarga kiritilgan 2 840 ta 45 mlrd. 624 mln. 248 ming 339 soʻmlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

2022-yil mobaynida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 373 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib ularning, 266 tasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, 107 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar boʻlimi tomonidan 2022-yilning davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 38 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.


Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali joriy yil davomida 762 332 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

FHDY organlari tomonidan 45 134 ta tugʻilish, 16 208 ta nikohni qayd etish, 2 586 ta nikohdan ajraganlik, 9 376 ta oʻlim qayd etilgan.

Boshqarma tomonidan 1 191 ta normativ huquqiy-hujjat tegishliligiga koʻra elektron shaklda yetkazilishi taʼminlandi.

Viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimiga kiruvchi idoralar tomonidan tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasida 2022-yil davomida jami 26 939 marotaba targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan, 13 445 ta ommaviy axborot vositalari (594 ta televideniye orqali, 1 585 ta radio orqali, 818 ta gazeta va jurnallarda, 10 448 ta veb-sayt va boshqa ijtimoiy tarmoqlar) orqali chiqishlar qilindi. Shuningdek, 2 693 ta davra suhbati, 872 ta seminar, 5 357 ta uyma-uy yurgan holda targʻibot tadbirlari oʻtkazilganli ta’lidlab o’tildi. 

Shuningdek, qatnashchilarga yangi Oʻzbekistonning maʼmuriy islohotlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar, yani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi 269-son Farmoni va 447-son Qarori mazmun mohiyati yuzasidan mazmun-mohiyati va ahamiyati bo'yicha tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.