Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Fuqarolarning muammolari tinglanmoqda


Olot tumani viloyat markazidan eng olisda joylashgan tumanlardan biri. Mazkur hududdagi Usmonshayx mahalla fuqarolar yig’ini tuman ma’muriy markazidan  chekka mahalalardan hisoblanadi. Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Usmonshayx mahalasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.    
Murojaatlarning aksariyati yer munosabatlari, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, tadbirkorlik, ichki yo’llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, elektr va gaz ta'minoti sohalarida bo’ldi.
Masalan, fuqaro Rajabboy Bozorov Qipchoq qishlog‘ida elektr bosimi pastligi sababli yangi transformator o‘rnatilishida amaliy yordam so‘radi. 
 Mazkur murojaat bo'yicha Qipchoq qishlog'ida elektr yetkazilish sifatini yaxshilash maqsadida transfarmator bilan ta'minlash masalasi tuman elektr tarmoqlari filiali mas'ullari bilan joyiga chiqib o'rganilib, ijobiy hal etilishi aytib o'tildi.
Bundan tashqari, aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko'rsatildi. Bolani bog'chaga joylashtirish, elektron raqamli imzo sertifikatini olish, kadastr pasportini shakllantirish kabi sohalarda 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatildi.
 Qo'shimcha o'rganish talab etadigan 10dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.