Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Jamoatchilik eshituvi tashkil etildi


Davlat rahbarining 2021-yil 10-fevraldagi qabul qilingan PF-6166-sonli Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘ldi.
Farmon bilan adliya organlariga, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish hamda topshiriqlar ijrosini tashkil etish va ta’minlash holati bo‘yicha aholini xabardor qilish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunga qadar belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat adliya boshqarmasi joylardagi notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning 14 mart kuni viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan “Carmen Plus” tibbiyot markazida navbatdagi fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda hamda davlat idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlikda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosi holati bo‘yicha jamoatchilik monitoringi va eshituvi tashkil etildi.
Mazkur jamoatchilik monitoringida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-sonli “Xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi hamda unda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganlik darajasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida bugungi kunda loyiha tashabbuskorlari tomonidan 255,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib, 239 ta loyihalar ishga tushirilganligi hamda 1781 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi ta’kidlab o‘tildi.
Jumladan, Buxoro viloyati, Buxoro shahrida “Carmen Plus” MChJ negizida umumiy qiymati 10.5 mln. AQSh dollar, Shundan 3,0 mln AQSh dollar Milliy bank orqali Germaniyaning “RAIFFEISEN” banki kredit mablag‘i yevaziga, ko‘ptarmoqli tibbiyot mavrkazi barpo etilgan.
Ushbu investitsion loyiha doirasida 132 nafar fuqaro ish bilan ta’minlanib, aholiga sifatli tibbiy xizmatlarni taklif etilishiga erishilgan. Markaz 2021 yilning fevral oyidan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 2022 yilning oktyabr oyida qurilish va uskunalar o‘rnatish ishlari yuzasidan barcha bosqichlari yakunlanganib to‘liq ishga tushgan.
Jamoatchilik eshituvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan qarori ijrosini ta’minlashga va investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan davlat idoralari mansabdor shaxslari tomonidan OAV va jamoatchilik vakillarining qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot va javoblar berildi.


Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho'basi