Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Sud qarori bilan 96 080 254 so‘m ustama to‘lovlari undirilishi belgilandi.


  Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlarining ustama to‘lovlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida xodimlarga 96 080 254 so‘m miqdorida ustama to‘lovlari to‘lanmaganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-sonli Qarorining 11-bandiga asosan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ushbu xarajatlar uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish turlari joriy etilgan.
Madaniyat boshqarmasi xodimlarining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga asosan xodimlarga to‘lanmay qolingan 96 080 254 so‘m miqdorida ustama to‘lovlari undirilishi belgilandi.

Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi