Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz vaqtida olinmagan hollarda nima qilish kerak?


Baʼzi hollarda moliyaviy qiyinchilik, eʼtiborsizlik, ota-onaning hujjatlarining mavjud emasligi va boshqa sabablar tufayli tugʻilganlik toʻgʻrsidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bogʻchaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab boʻladi.
Bunday holatda nima qilish kerak?
Bola tugʻruqxonada tugʻilgan boʻlsa, ota-ona yashayotgan yoki bola tugʻilgan joydagi FHDY organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:
- ota-onaning pasporti;
- bolaning tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnoma( mazkur maʼlumotnoma soʻralgan kuni tugʻruqxona tomonidan taqdim etiladi);
- bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (poliklinikadan olinadi);
- bolaning taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (agar oʻqiyotgan boʻlsa);
- bola tugʻilgan joydagi FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Bola uyda tugʻilgan boʻlsa, ota-ona yashayotgan yoki bola tugʻilgan joydagi FHDY organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berish lozim:
- ota-onaning pasporti;
- bolaning ushbu onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori tasdiqlagan dalolatnoma (dalolatnoma bola tugʻilgan kunda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart);
- dalolatnoma asosida uchastka shifokori tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
- bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
- bolaning taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma ( agar oʻqiyotgan boʻlsa);
- bola tugʻilgan joydagi FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Agar bolaning ushbu onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori tasdiqlagan dalolatnoma tuzilmagan boʻlsa, bunday hollarda bolaning aynan shu onadan tugʻilganligi fakti fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan belgilanadi.

Behzod Raxmanov Kogon shahar adliya

 boʻlimi FHDY boʻlimi mudiri