Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Navbatdagi sayyor qabul Shofirkon tumanida bo'lib o'tdi


Shofirkon tumani “Shodlik” MFY binosida o‘tkazilgan jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabulini Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov ochib berib, yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishda adliya organlarining o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
     Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” bo'yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida to'xtalib o'tdi.

Qabulda bugungi kunda jamiyatimizda aholi tomonidan amaldagi qonunchiliklar va jazoning muqarrarligi to‘g‘risida yеtarli tushunchalarga ega bo‘lmaganligi natijasida ko‘plab jinoyatlar sodir etilmoqda. Ushbu holatlar nafaqat jamiyat, balki oiladagi muhitga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarning kelajagini ta’minlash borasida ota-onaning mas’uliyati alohida ekanligi, buning uchun amaldagi qonunlarga amal qilib, farzandlar ongida qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash lozimligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, tadbirda  jinoyat uchun jazoning muqarrarligi, jinoyatchilikni oldini olishda barcha birdek mas’ulligi ta’kidlandi. Qabul davomida 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachilari topshirildi va 9 ta murojaat tegishli mas’ul tashkilotlar ish yurituvga qabul qilindi.