Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Oila muqaddas



Yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilishga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish masalalarini hamda tushunchasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha «Oila — muqaddas» mavzusidagi tadbir tashkil etildi.
      Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi mudiri M.D.Pardayeva so’zga chiqib: “Oila — shunday ilohiy mo’jiza, muqaddas maskan-manzilki, uning sha’ni sizning sha’ningiz, o’z oilangiz obro’siga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan saqlanish va uni imkon qadar asrab-avaylash kerakligi” haqida ta’kidladilar. Buxoro shahar 3-son FXDYO bo‘limi inspektori I.X.Nurullayeva ham o’z nutqlarida “O’zbek oilasi, o’zbek xonadoni shunday qurilganki unga dunyo xalqlari havasmand desak sira mubolag’a qilmagan bo’lamiz. O’zbek oilasida farzand tarbiyasi o’ta muhim sanaladi” deya fikrlarini bayon qildilar. 
     So’ngra Buxoro viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi huzuridagi “Oqila ayollar” harakati boshlig‘i H.T.Artikova, Buxoro davlat universiteti huzuridagi “Oqila ayollar” harakati boshlig‘i, BuxDU Tarix va yurisprudensiya fakulteti dotsenti N.B.Maxmudova, Buxoro davlat universiteti huzuridagi “Oqila ayollar” harakati yetakchilari, BuxDU Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi N.S.Sayidova,  Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.K.Ergasheva, hamda shu fakultet xotin-qizlar ishlari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.M.Mardonovalar ham ushbu fikrlarga qo’shilgan holda o’z nutqlarini bayon etdilar. Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga yig’ilish mehmonlari va tashkilotchilardan kerakli javoblarni oldilar. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.