Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ayol qachon o‘zini baxtli his etadi




Ayol qachon o‘zini baxtli his etadi? Qachonki oilada halovat topsa. Oilasida halovati bor ayolning sog‘ligi mustahkam, ishida unum, yangi rejalar sari yakdil qadami bo‘ladi. Bu oddiy hayot qonuni! Biroq ayollarni qiynayotgan turli sohalardagi chigalliklar, muammolar va yechimini yillar davomida kutayotgan og‘riqli masalalar borki uni yechimini topishda tizimli tartibda birdamlik bilan harakat qilinmasa, jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini o‘tkazaveradi.
Bugun tumanimizdagi “Sheyxoncha” mahallasida tuman adliya va oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Oila muqaddas”, “Ayol e’zozda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 
Tadbir davomida oila tushunchasi, oila qadriyatlari, nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari, erta nikoh va uning salbiy jihatlari kabi mavzular borasida so‘z yuritilib, xotin-qizlarning kundalik hayotda qiynab kelayotgan turli sohalardagi muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.