Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I choragi davomida 1454 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1296 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 780 ta murojaat yoki 60 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2023-yil I choragi davomida jami 324 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 476 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 800 ta murojaatlarning 560 ta murojaat qanoatlantirildi, 182 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 42 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 910 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 801 tasi hal etilgan bo‘lib, 591 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 83 ta taqdimnoma, 197 da’vo arizasi, 14 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 34 nafar xodim intizomiy, 26 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 5.905.653.558  so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 40 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 193 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 176 tasi hal etilgan bo‘lib, 118 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 67 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 12 taqdimnoma, 30 da’vo arizasi, 21 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 nafar xodim intizomiy, 11 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 3.126.624.310 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

 

Rejalashtirishi va nazorat-tahlil

sho‘basi