Янгиликлар
19
#Konstitutsiy_o'zimizniki
Kogon shahar Sanitariya-epidemiologik osyishtaligi va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari uchun yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish boʼyicha targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi. Mazkur targʼibot tadbirida Kogon shahar Adliya bo’limi xodimlari tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati boʼyicha keng tushuntirishlar berib o'tildi.
Xususan, yangi tahrirdagi bosh qomusimizda O'zbekiston ijtimoiy davlat deb nomlanishi, davlatning yoshlar, bolalar haqida g`amxo`rlik qilishi, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni yaratishga oid normalar mustahkamlanayotganligi, jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini, shuningdek, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yoʼnalishlaridan biri ekanligi to’g’risida alohida ta'kidlab o'tildi.