Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi va FHDY bo'limi tomonidan Tinchlik MFY hududida "Oila muqaddas" ,"Ayol e'zozda" mavzusida davra suhbati tashkil etildi .


Ayol azaldan mehr-shavqat va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol deganda koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli oʻrganadi. Sharqda ayolga boʻlgan hurmat, ehtirom uni qadrlash, uni koʻklarga koʻtarish ota bobolarimizdan meros. Dunyoda "muqaddas" degan so'zga eng munosib zot ham – Onadir.

Onani eʼzozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga kotarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha uluglasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan bolamiz.

Tadbir davomida oila tushunchasi, oila qadriyatlari, erta nikoh va uning salbiy jihatlari, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh va ajrimlar sonini kamaytirish kabi mavzular borasida so'z yuritilib, xotin qizlarning kundalik hayotda qiynab kelayotgan turli sohalardagi muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Hozirgi kunga kelib, Oʻzbekistonning turli jabhalarida ayollarning faolligi, nufuzini koʻramiz. Ayol rahbar, sanʼatkor, sportchi harbiy, jurnalist, jamoatchi, olima va hokazolar. Ayol jamiyatda yuqori nufuziga ega boʻlsa, oilasiga, farzandlariga vaqt ajratish imkoniyati kam qoladi deb hisoblanadi. Menimcha haqiqiy ayol, haqiqiy ona buning har ikkisiga ham vaqt ajrata oladi. Bilimli, barkamol farzand tarbiyasida ham mukammallikka intiladi.     

Mustaqilligimizni mustahkamlashda ayollarning oʻziga xos oʻrni bor. Ona, ayol tarbiyachi ekan oʻzi bilimdon boʻlmogʻi, tarixni, milliy urf-odatlarni yaxshi bilmogʻi lozim. Chunki, bola tarbiyasi hamisha muhim masala boʻlib kelgan.