Янгиликлар
Kogon shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan navbatdagi huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Kogon shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Kogon shahar xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda joriy yilning 24-mart kunida Kogon shahar hokimligi faollar zalida shahardagi 21 ta mahallaning xotin-qizlar faollari ishtirokida targ'ibot tadbiri amalga oshirildi. Ushbu huquqiy targ'ibot tadbiri "Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir" shiori ostida o'tkazilib, yig'ilganlarga Kogon shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i J.Qandov tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda referendum qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirishlar berildi.