Янгиликлар
19
Buxoro viloyat adliya boshqarmasida jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobot berildi.
Tashkilotda mehnat intizomi va mehnat faoliyati samaradorligini oshirish borasida Jamoa shartnomasi muhim o‘rin tutadi. Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilotlarning mehnat jamoasi uchun qulay, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lib, mexnat jamoasi moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borilmoqda hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
2022-yilning 12 oyi mobaynida jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun mablaqlar sarflangan.
Xususan, doimiy yashash joyi bo‘lmagan xodimlarga ijarada yashagani uchun 12 mln 300 ming so‘m;
- xodimlarni sport kiyimlari hamda sport anjomlari bilan ta’minlash, ularni sport tadbirlariga keng jalb etish uchun 7 mln 800 ming sum;
- ishda muvaffaqiyatlarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish uchun 106 mln 262 ming so‘m;
- oila qurgan xodimlarni rag‘batlantirish uchun 41 mln 400 ming so‘m;
- xizmat safarlari uchun 38 mln 24 ming so‘m va boshka xarajatlar uchun 1 mlrd 259 mln 961 ming so‘m mablag‘lar sarflangan.
Boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning ish samaradorligi yuksalishiga, energiya va boshqa resurslar iqdisod qilinishiga katta hissa qo‘shayotgan xodimlarni doimiy ravishda rag‘batlantirib borish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2022-yilning 12-oyi davomida boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari 22 marotaba rag‘batlantirilgan va 16 marotaba mukofotlangan.
Shuning bilan birga, ayollar mexnatini tartibga solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga belgilangan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar to‘liq qo‘llanilgan.