Янгиликлар
20
#Sayyor_qabul
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining Qorako‘l tumani “Solur” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida aholidan yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik, ish bilan ta’minlash, elektr va gaz ta’minoti sohalarida bo‘ldi.
Masalan, fuqaro Bozorova Muqaddas yashab kelayotgan turrar joyi uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam berishni so‘radi.
Ushbu murojaat bo‘yicha masla vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilishi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, bolani bog‘chaga joylashtirish, elektron raqamli imzo sertifikatini olish, kadastr pasportini shakllantirish kabi sohalarda 20 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.