Янгиликлар
Vobkent tumani "Teraklik" MFYda targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. April 25, 2023
Joriy yilning 25-aprelida Vobkent tumanidagi "Teraklik" MFYda mahalla aholisi uchun yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish boʼyicha targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi. Mazkur targʼibot tadbirida Vobkent tuman adliya bo'limi tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati boʼyicha keng tushuntirishlar berib o'tildi.
Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirishlar, referendum o‘tkazish tartibi haqida yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berdi. Tadbirda so’z olganlar mahalla faollari bilan kechgan tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga kiritilgan yangi normalar haqida gapirilib, bosh qomusimizda ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshayotgani, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish imkoniyati belgilab qo‘yilgani borasida aytib o’tildi.
Xususan, yangi tahrirdagi bosh qomusimizda O'zbekiston ijtimoiy davlat deb nomlanishi, davlatning yoshlar, bolalar haqida g`amxo`rlik qilishi, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni yaratishga oid normalar mustahkamlanayotganligi, jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini, shuningdek, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yoʼnalishlaridan biri ekanligi to’g’risida alohida ta'kidlab o'tildi.
Sayyor qabul davomida 3 nafar fuqaroning savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi 3 nafar fuqaroning murojaatlari adliya bo'limining ish yurituviga olindi.
Vobkent tuman adliya bo'limi