Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2023-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.
I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 1-choragi davomida 1 454 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1296 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 780 ta murojaat yoki 60 foizi qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, 516 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 90 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 347 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 175 ta taklif va 571 ta ogohnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 135 tani tashkil qilgan. 163 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 449 ta 10 mlrd. 702 mln. 488 ming so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.
Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 1 ta idora faoliyati o‘rganildi. 37 ta idoralarning statistik hujjatlari va 15 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 3 tasini qonun hujjatlari, 5 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 6 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.
Hisobot davrida 15 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 6 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 7 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.
Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 3 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 150 nafardan ortiq fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.
Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 7 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.
V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.
Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 31.03.2023-yil holatida jami 584 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 384 tasi davlat ro‘yxatidagi va 200 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va
10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:
2023-yil 1-choragi davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 44 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 36 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 8 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.
Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.
Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2023-yil 1-choragi davomida jami 4 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 14-martdagi “Yuridik xizmat faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 73-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida 6 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan
5 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa, 1 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.
Shuningdek, 15 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib tegishli guvohnomalar berildi.
VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:
Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 11 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 11 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 4 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.
VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:
Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2023-yil 1-choragi davomida 220 237 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 54 151 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 2 293 ta YaTT, 1 581 ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 1 267 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Joriy yil davomida Buxoro viloyat aholisi tomonidan 40 877 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.
FHDY organlari tomonidan 9 774 ta tug‘ilish, 3 281 ta nikohni qayd etish, 650 ta nikohdan ajraganlik, 2 552 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida
412 ta otalikni belgilash hamda 56 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.
Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 220 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.
IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 3 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda
11 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 80 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 52 ta ogohnomalar kiritilgan.
Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.
X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 7 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 6 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 5 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 1 ta taklif va 1 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 1 ta xizmat ko‘rsatish belgilari hamda 3 ta rasmiy saytdan muallifning roziligisiz joylashtirilgan badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari bartaraf etilgan. 3 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 119 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 43 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:
2023-yil 1-choragi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 114 ta taklif kiritilgan.
Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 178 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 14 ta, Prezident farmoni
15 ta, Prezident qarori 53 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 56 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 37 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 3 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.
Adliya organlari tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jami 9 417 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 8 339 marotaba, boshqarma bo‘limlari 1 078 marotaba), shundan 4 537 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 4 033 ta, boshqarma bo‘limlari 504 ta, shundan 371 ta televidenie, 558 ta radio va radiouzellar, 379 ta gazeta va jurnallarda hamda 3 229 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 4 543 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 3 999 ta, boshqarma bo‘limlari 544 ta, shundan 1 440 ta ma’ruza, 1 620 ta davra suhbati, 369 marta seminar va 1 144 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.
Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi