Янгиликлар
#Jarayon
Kogon tuman adliya bo‘limi tomonidan “Buxoro viloyati hududida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “qizil hudud” toifasidagi mahallalarda adliya organlari tomonidan alohida reja asosida manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari” reja-grafigi asosida joylarda tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir tuman adliya, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “qizil hudud” toifasidagi “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.
Mahalla hududida jinoyat sodir etish holatlarining oldini olish, uyushmagan yoshlar va ishsiz fuqarolar bilan profilaktik tadbirlarni doimiy tashkil etib borish, bunda hududdagi nuroniylardan faollik ko'rsatishlari lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati hamda ahamiyati xususida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kogon tuman adliya boʼlimi