Янгиликлар
# HАR BIR MUROJААT NАZORАTDА
Xabaringiz bor, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʼlimlari tomonidan “Buxoro viloyati hududida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “qizil hudud” toifasidagi mahallalarda adliya organlari tomonidan alohida reja asosida manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari” reja-grafigi asosida joylarda tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda.
Shu kabi, “qizil hudud” toifasiga kiritilgan Kogon tuman “Choloki” MFY da oʼtkazilgan navbatdagi tadbirda ushbu mahalla fuqarolar yigʼini “Choloki” qishlogʼida yashovchi fuqaro Ergashev Idi Sharipovichdan uning 2 yildan buyon nogironligi, nogironlik aravachasiga muhtojligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berish soʼralgan edi.
Kogon tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi bilan hamkorlikda fuqaro Ergashev Idi Sharipovichga nogironlik aravachasi yashash xonadoniga yetkazib berilib, fuqaro murojati qanoatlantirildi.
Bu bilan esa, fuqaro I.Ergashevning jamiyatda boʼlayotgan oʼzgarishlar va yangiliklardan chetda qolmasdan bevosita ishtirok etishiga imkon yaratildi desak mubolagʼa boʼlmaydi.
Kogon tuman adliya boʼlimi