Янгиликлар
01
Xotin qizlar va bolalar huquqlari bo`yicha o`quv seminar tashkil etildi
Buxoro shahar ishga marhamat monomarkazida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar, davlat organlari nodavlat-notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida anjuman tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 829-sonli Qonuni bilan oilaviy-maishiy zo‘ravonlik tushunchasiga va bunday harakatlar uchun javobgarlik masalalari qatiy belgilandi.
Oilaviy zo‘ravonlikning eng og‘ir oqibatlaridan yana biri farzandlar ruhiy holati va axloqiga yetkaziladigan jiddiy zarardir. Ko‘pincha bolalarning o‘zi ham oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik oqibatlari turli kasalliklar shaklida namoyon bo‘lsa, o‘smir yoshdagilar orasida u hol suitsid holatlariga olib kelishi ham kuzatiladi.
Shunga ko‘ra, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ilgari Shilqimlik qilish uchun javobgarlik belgilanmagan bo‘lsa, endilikda ushbu qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
Endi aliment to‘lamay yurgan shaxs sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha muddatga ular majburiy jamoat ishlariga ham jalb etiladi va ish haqining teng yarmi alimentga ushlab qolinadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ma’lum jinoyatlarni sodir etganlar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi. Hatto mazkur jinoyatlar jinoyatga tayyorganlik yoki suiqasd bosqichida to‘xtatilganda ham, jazo tayinlashda yengillik berilmaydi.
Anjumanda zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlar va bolalarga tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish masalalari, ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib borishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
buxoro.adliya.uz | (http://www.buxoro.adliya.uz/)
Telegram (https://t.me/buxoro_adliya) |
Facebook (https://www.facebook.com/groups/1864193667211298/) |
Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCn8bMbRTQN5xnq8439g4D9Q/featured)