Янгиликлар
"Inson qadri uchun" tamoyili asosida sayyor qabullar tashkil qilinmoqda
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” hamda “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” huquqiy aksiyalari doirasida ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda.
Bu galgi sayyor qabul manzili Buxoro tuman “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning og‘irini yengil qilish, ularning muammolarini o‘z uylarida turib hal etishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Tashkil etilgan sayyor qabul davomida nafaqat fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi, hudud aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Qabul davomida 30ga yaqin fuqarolarning tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr taʼminoti, yoʼlni taʼmirlash, moddiy yordam, pensiya, subsidiya asosida uy-joy ajratish, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
9 nafar fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha o‘rganish uchun tuman adliya bo‘limi tomonidan ish yurituvga qabul qilindi. 15 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘rikdan 20ga yaqin fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Kerakli maslahatlar berildi.
Bundan tashqari, tadbirga kelgan fuqarolar mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tashkill etilgan muzey bilan tanishdilar.
Qabul jarayonini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida madaniyat xodimlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
Shu bilan birga, kun davomida aksiya doirasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari uchun manzilli seminar tashkil etildi.
Bunda, xodimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda Mehat kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
buxoro.adliya.uz
Telegram (https://t.me/buxoro_adliya)
Facebook (https://www.facebook.com/groups/1864193667211298/)
Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCn8bMbRTQN5xnq8439g4D9Q/featured)