Янгиликлар
Mualliflik huquqining vujudga kelishi
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obʼyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi g‘oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan quyidagilar mualliflik huquqi obʼyektlari hisoblanadi:
-adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
-drama va stsenariy asarlari;
-matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
-musiqali drama asarlari;
-xoreografiya asarlari va pantomimalar;
-audiovizual asarlar;
-rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy sanʼatning boshqa asarlari;
-manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
-arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish sanʼati asarlari;
-fotografiya asarlari va fotografiyaga oʼxshash usullarda yaratilgan asarlar;
-jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
-barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang‘ich matn hamda obʼyekt kodida ifodalanishi mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari, shuningdek mazkur Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi
Intellektual mulk huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi
Sh.Jo‘rayev