Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy aksiya o`tkazilmoqda


 Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” hamda “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” huquqiy aksiyalari doirasida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

 Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llash, sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDYo va boshqalar) tashkil etishdan iboratdir.

 Shuningdek, ommaviy sayyor qabullar davomida manzilli seminarlar, huquqiy viktorinalar, ijtimoiy-huquqiy so‘rovnomalar o‘tkazish nazarda tutilgan.

Grafik asosida aksiya doirasidagi ilk ommaviy sayyor qabul Peshku tuman Yoshlar istirohat bog‘ida tashkil etildi.

  Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar.

Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

   Xususan, fuqaro Ilhom Axmedov yoz mavsumida elektr tarmoqlarida past kuchlanish natijasida muammolar yuzaga kelayotganligi bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘radi.

Mazkur murojaat bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, muammo shu kunning o‘zida hal etib berilishi ma’lum qilindi. 

   Qabulda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda 20ga yaqin fuqaroning o‘rganish talab qiladigan murojaatlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olindi. 

   Shu bilan birga, kun davomida aksiya doirasida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va tuman tibbiyot birlashmasida manzilli seminarlar tashkil etildi.

 Bunda, xodimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda Mehat kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

buxoro.adliya.uz | (http://www.buxoro.adliya.uz/)

Telegram (https://t.me/buxoro_adliya)

Facebook (https://www.facebook.com/groups/1864193667211298/)

Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCn8bMbRTQN5xnq8439g4D9Q/featured)