Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 1-yarim yilligi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 1-yarim yilligi davomida 3201 ta ariza,shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2872 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1815 ta murojaat yoki 64 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2023-yil 1-yarim yilligi davomida jami 530 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 1-yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 1202 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 1732 ta murojaatlarning 1248 ta murojaat qanoatlantirildi, 335 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 65 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 494 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 451 tasi hal etilgan bo‘lib, 66 tasi qanoatlantirilgan.

Notariat va advokatura organlari sohasida jami 136 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 116 tasi notariat sohasida, 19 tasi advokatura va 1 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 13 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 11 tasi hal etilgan bo‘lib, 7 tasi qanoatlantirilgan.

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 11 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 11 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Boshqa sohada 107 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 106 tasi hal etilgan va 80 tasi qanoatlantirilgan hamda 26 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 2056 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1829 tasi hal etilgan bo‘lib, 1412 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 68 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 157 ta taqdimnoma, 415 da’vo arizasi, 57 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 52 nafar xodim intizomiy, 57 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 28 036 463 476  so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 77 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 384 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 283 tasi hal etilgan bo‘lib, 239 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 62 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 28 taqdimnoma, 72 da’vo arizasi, 16 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 6 nafar xodim intizomiy, 16 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 7 186 378 621 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

 

Rejalashtirishi va nazorat-tahlil

sho‘basi