Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2023-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T


V

iloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I yarim yilligi davomida 3 201 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2872 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1815 ta murojaat yoki 64 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1057 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 153 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 561 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 429 ta taklif va 1045 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 223 tani tashkil qilgan. 436 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023-yil I yarim yilligi davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 767 ta 22 mlrd. 67 mln. 988 ming 410 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.

Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 2 ta idora faoliyati o‘rganildi.
24 ta idoralarning statistik hujjatlari va 34 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 5 tasini qonun hujjatlari, 16 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 12 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.

Hisobot davrida 34 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 8 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 7 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 4  marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 180 nafardan ortiq fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 62 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.06.2023-yil holatida jami 585 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 411 tasi davlat ro‘yxatidagi va 174 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va
10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:

2023-yil I yarim yilligi davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 61 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 49 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 12 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2023-yil I yarim yilligi davomida jami 10 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 125-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida 16 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan
15 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa,
1 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 15 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib tegishli guvohnomalar berildi.

VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 22 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 22 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2023-yil I yarim yilligi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 10 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2023-yil
I yarim yilligi davomida 400 130 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 88 891 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 4010 ta YaTT, 3023 ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 2514 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Joriy yil o‘tgan davomida Buxoro viloyat aholisi tomonidan 95 810 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

FHDY organlari tomonidan 20 295 ta tug‘ilish, 5936 ta nikohni qayd etish,
1233 ta nikohdan ajraganlik, 4932 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida
752 ta otalikni belgilash hamda 117 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan
368 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 4 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda
21 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 188 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 65 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.

X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 16 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 16 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 10 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 7 ta taklif va 2 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 5 ta xizmat ko‘rsatish belgilari hamda 4 ta rasmiy saytdan muallifning roziligisiz joylashtirilgan badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari bartaraf etilgan. 7 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 204 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 47 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2023-yil I yarim yilligi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 198 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 427 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 35 ta, Prezident farmoni
45 ta, Prezident qarori 96 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 111 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 135 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 5 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2023-yil I yarim yilligi davomida jami 17 520 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 15 256 marotaba, boshqarma bo‘limlari 2 264 marotaba), shundan 7 974 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 6 950 ta, boshqarma bo‘limlari 1 024 ta, shundan 611 ta televidenie, 1 005 ta radio va radiouzellar, 692 ta gazeta va jurnallarda hamda 5 666 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 8 966 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 7 800 ta, boshqarma bo‘limlari 1 166 ta, shundan 2 993 ta ma’ruza,
2 717 ta davra suhbati, 948 marta seminar va 2 306 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.

 

Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi