Янгиликлар
"Rabotipoyon" MFYda sayyor qabul o'tkazildi
Fuqarolarning muammolarini hal etish, aholining huquq va manfaatlarini himoyalash, kam ta'minlangan, nogiron, mehnatga layoqati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Anvar Raxmatov boshchiligida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul Buxoro tumanining "Rabotipoyon" mahallasida bo'lib o'tdi. Qabulda yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishda adliya organlarining o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb o`rganishga ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Qabulda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat Kodeksining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ma'ruza qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr ta'minoti, yo'lni ta'mirlash, moddiy yordam, pensiya, subsidiya asosida uy-joy ajratish, meros, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda jami 30 ga yaqin fuqaro va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, 3 nafar fuqaroning o‘rganish talab qiladigan murojaatlari ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olindi.