Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2023-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T



Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 9 oyi davomida 4 234 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 3 944 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 309 ta murojaat yoki 58 foizi  qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1 635 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 195 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 773 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 669 ta taklif va 1442 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 278 tani tashkil qilgan. 688 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 959 ta 33 mlrd. 154 mln. 687 ming 410 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.

Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 8 ta idora faoliyati o‘rganildi. 90 ta idoralarning statistik hujjatlari va 35 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 5 tasini qonun hujjatlari, 18 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 21 tasini Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 1 tasini Hukumat bayonnomasi tashkil etdi.

Hisobot davrida 45 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 12 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 6  marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 340 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 88 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.09.2023-yil holatida jami 589 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 415 tasi davlat ro‘yxatidagi va 174 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:

2023-yil 9 oyi davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 75 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 57 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 18 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2023-yil 9 oyi davomida jami 11 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 125-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida 24 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan
22 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa, 2 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 23 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 21 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilib tegishli guvohnomalar berildi.

VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 35 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 35 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 10 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2023-yil 9 oyi davomida 609 743 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 101 844 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 5 718 ta YaTT, 4523 ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 3589 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Joriy yil o‘tgan davri davomida Buxoro viloyat aholisi tomonidan 151 616 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

FHDY organlari tomonidan 34194 ta tug‘ilish, 10230 ta nikohni qayd etish, 1873 ta nikohdan ajraganlik, 7173 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 1186 ta otalikni belgilash hamda 157 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 368 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 5 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda 22 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 11 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 300 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 65 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.

X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 23 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 33 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 23 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 10 ta taklif va 2 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 10 ta xizmat ko‘rsatish belgilari hamda 10 ta rasmiy saytdan muallifning roziligisiz joylashtirilgan badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari bartaraf etilgan. 10 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 287 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 51 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2023-yil 9 oyi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 274 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 728 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 56 ta, Prezident farmoni
65 ta, Prezident qarori 147 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 219 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 234 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 7 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida jami 25796 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 22772 marotaba, boshqarma bo‘limlari 3024 marotaba), shundan 10803 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 9363 ta, boshqarma bo‘limlari 1440 ta, shundan 812 ta televidenie, 1316 ta radio va radiouzellar, 894 ta gazeta va jurnallarda hamda 7781 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 14210 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 12710 ta, boshqarma bo‘limlari 1500 ta, shundan 4381 ta ma’ruza, 3528 ta davra suhbati, 1562 marta seminar va 4733 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.

 

Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi