Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 9 oyi davomida 4 234 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 3 944 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 309 ta murojaat yoki 58 foizi qanoatlantirilgan.
Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2023-yil 9 oyi davomida jami 718 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.
Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 1 512 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 2 230 ta murojaatlarning 1 581 ta murojaat qanoatlantirildi, 541 ta murojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 90 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.
Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 700 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 654 tasi hal etilgan bo‘lib, 57 tasi qanoatlantirilgan.
Notariat va advokatura organlari sohasida jami 199 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 164 tasi notariat sohasida, 34 tasi advokatura va 1 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 14 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 12 tasi hal etilgan bo‘lib, 7 tasi qanoatlantirilgan.
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 17 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 15 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
Boshqa sohada 154 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 146 tasi hal etilgan va 102 tasi qanoatlantirilgan hamda 47 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 2 649 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2 443 tasi hal etilgan bo‘lib, 1 826 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 74% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 199 ta taqdimnoma, 472 da’vo arizasi, 75 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 65 nafar xodim intizomiy, 85 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 34 748 404 633 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 86 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 501 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 465 tasi hal etilgan bo‘lib, 299 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 64% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 33 taqdimnoma, 79 da’vo arizasi, 22 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 7 nafar xodim intizomiy, 22 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 8 589 674 934 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.
Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi