Янгиликлар
"Ibn Sino" MFYda sayyor qabul o'tkazildi
Yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda fuqarolarning muammolarini hal etish, aholining huquq va manfaatlarini himoyalash, kam taʼminlangan, nogiron, mehnatga layoqati cheklangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahallalarda "Inson qadri uchun" tamoyili hamda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiya doirasida jinoyatchilikni oldini olish va aholining turli muammolarini o'rganish uchun viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday sayyor qabul Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov, Jondor tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar, jinoyat sihlari bo’yicha Jondor tuman sudi, adliya bo‘limlari hamkorlida Jondor tumanining "Ibn Sino" mahallasida tashkil etildi.
Sayyor qabulda 40 ga yaqin ziyod fuqarolar ishtirok etib, ish bilan ta’minlash, uy-joy va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam, aliment, meros, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash, elektr ta'minoti bilan bog‘liq va boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlari ish yurituvga olinib, ko‘rib chiqilishi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta’minlanib, qonunchilikdan yangiliklar bo’yicha buklet va flayerlar tarqatilib chiqildi.
Bu kabi sayyor qabullarni rega-grafikka asosan viloyatning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.