Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Vobkent tuman hokimligida navbatdagi o'quv seminar tashkil etildi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Sh.Bahronov tomonidan Vobkent tuman hokimligida tashkilot va idora rahbarlariga yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.

Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida belgilanga yo'nalish va maqsadlar keng tushuntirib o'tdi.

Shundan so'ng Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibi yanada takomilashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi yuzasidan ma`ruza qildi.

Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi yuzasidan to'xtailib o'tdi.

Bunda, proporsional saylov tizimida 7 foizlik chegaradan o‘tgan partiyalarga yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni 75 ta deputatlik o‘rniga bo‘linadi va undan chiqqan raqam saylov koeffitsienti hisoblanadi. So‘ngra har bir partiyaga yoqlab berilgan ovozlar soni mana shu saylov koeffitsientiga bo‘linadi. Undan chiqqan son esa har bir partiyaga beriladigan deputatlik o‘rniga teng bo‘ladi.

Shu bilan birga, bir nechta saylov okruglaridan saylanadigan deputatlikka nomzodlarga nisbatan bu kabi qoidani qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud. Chunonchi, boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylanmas ekan, o‘sha hududdagi nisbatan ko‘pchilikning fikri va xohish istagi amalga oshmay qoladi.

Shu sababli, bir mandatli saylov okruglarida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanishi belgilanmoqda. Ya’ni, mutlaq ko‘pchilik emas, balki nisbiy ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar saylanishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun siyosiy partiyalar va deputatlar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, partiyalar mavqei hamda saylov organlarining professionallik darajasi yanada oshishiga xizmat qiladi.

Seminarda 100 nafarga yaqin tashkilot xodimlari ishtirok etib, o'zini qiziqtirgan savollari javoblar olishdi.