Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Kosntitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Sh.Bahronov tomonidan Qorovulbozor tumanidagi musiqa va san'at maktabining faollar zalida tumandagi tashkilot va idora rahbarlari, maktab direktorlari hamda o'quvchi-yoshlari uchun o'quv seminar o'tkazildi.

Seminarda yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirib o'tildi.

Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida belgilanga yo'nalish va maqsadlar keng tushuntirib o'tdi.

Shundan so'ng Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibi yanada takomilashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi yuzasidan ma`ruza qildi.

Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi yuzasidan to'xtailib o'tdi.

Seminarda 150 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o'zini qiziqtirgan savollari javoblar olishdi.