Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2023-yil dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2023-yil dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi.
Xabaringiz bor, viloyat adliya boshqarmasi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. An'anaga ko‘ra, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi bosh maslahatchisi dekabr oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Bobokulov Xafiz Xusenovich mehnat faoliyatini 2005-yilda boshlagan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Bobokulov Xafiz Xusenovichni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!