Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil davomida 5 449 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 5 053 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 940 ta murojaat yoki 58 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2023-yil davomida jami 911 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 2 084 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 2 995 ta murojaatlarning 2 062 ta murojaat qanoatlantirildi, 777 ta murojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 148 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 899 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 862 tasi hal etilgan bo‘lib, 78 tasi qanoatlantirilgan.

Notariat va advokatura organlari sohasida jami 285 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 242 tasi notariat sohasida, 47 tasi advokatura va 1 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 15 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 13 tasi hal etilgan bo‘lib, 9 tasi qanoatlantirilgan.

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 30 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 28 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Boshqa sohada 180 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 180 tasi hal etilgan va 110 tasi qanoatlantirilgan hamda 70 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 3 404 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 3 180 tasi hal etilgan bo‘lib, 2 325 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 245 ta taqdimnoma, 500 da’vo arizasi, 92 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 80 nafar xodim intizomiy,
101 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 36 340 624 445  so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 271 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 636 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 613 tasi hal etilgan bo‘lib, 392 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 64% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 35 taqdimnoma, 115 da’vo arizasi, 26 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 7 nafar xodim intizomiy, 25 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 10 289 665 400 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.