Янгиликлар
Tibbiyot xodimlari bilan seminar tashkillashtirildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali xodimlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminar tashkillashtirildi.
Seminarda korrupsiya xavfli jinoyat ekanligi, unga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiton Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qancha islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, shulardan biri korrupsiya chek qo‘yish va unga qarshi kurashish samarali ishlarni olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga seminarda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo‘ravonlikning oldini olishga, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati, Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun mu’muriy va jinoiy javobgarlik masalasi, Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik masalasi hamda oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, seminarda mehnat qonunchiligiga ham to‘xtalib o‘tilib, majburiy mehnatni oldini olish, mehnat ta’tillari, ishga qabul qilish va lavozimdan bo‘shatishda Mehnat kodeksiga rioya qilish, jamoat shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalari tushuntirildi.
Seminar so‘ngida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son farmoni, Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi aytib o‘tildi.
Seminar so‘ngida tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.