Янгиликлар
Matbuot anjumani o'tkazildi
Joriy yilning 24-yanvar kuni viloyat adliya boshqarmasida "Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan hamda “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida keng jamoatchilik va Ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov ochib berib, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Xususan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yil davomida 5 449 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 5053 tasi hal etilgan shundan 2940 ta murojaat yoki 58 foizi qanoatlantirilgan.
2023-yil davomida joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida jami 141 063 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, oʻtkazilgan oʻrganishlar va murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 1016 ta taqdimnoma, maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 855 ta taklif va 1732 ta ogohnoma kiritilgan.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yil davomida fuqarolar manfaatini koʻzlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish toʻgʻrisida sudlarga kiritilgan 1 034 ta 36 mlrd. 952 mln. 902 ming 255 soʻmlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilganligi bo‘yicha ma’ruza qildi.
Shunindek, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yil davomida jami 33 323 marotaba huquqiy targʻibot ishlari olib borilgan boʻlib, shundan 13 734 tasini ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot tadbirlarni tashkil etilganligiga to’xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari FHDY organlari tomonidan 46 701 ta tugʻilish, 15 715 ta nikohni qayd etish, 2 477 ta nikohdan ajraganlik, 9 558 ta oʻlim qayd etilgan. 214 ta farzandlikka olish va 1630 ta otalik belgilanganligi, Davlat xizmatlari markazlari tomonidnda viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 126 587 ta davlat xizmatlari koʻrsatilganligi hamda viloyat aholisi tomonidan 228 261 ta masofadan turib (my.gov.uz) davlat xizmatlaridan foydalanilganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Q.Xolov tomonidan viloyatda o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida jamoatchilik va OAV jurnalistlariga batafsil tushuntirish berdi.
Xususan, huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam berilishi tushuntirildi.
- Tug‘ilish qayd etilmaganligi oqibatida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo’lmagan shaxslar;
- Ko‘chmas muklarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar;
- Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda yoki qayta ro’yxatdan o’tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
-Tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo’lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo’lgan shaxslar;
- Yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslarga aksiy doirasida huquqiy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tugʻilish, yaqin qarindoshining oʻlimi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy koʻmaklashish maqsad qilinganligi hamda ushbu aksiya doirasida koʻchmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlganda, davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy amaliy yordam koʻrsatilishi ta’kidlanib, ushbu aksiya “O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va imoratlarga” tatbiq etilmasligi ham tushuntirildi.
Matbuot anjumani so'ngida jurnalist va blogerlarning berilgan savollariga javoblar berildi.